Закон «О туризме»

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining turizm sohasidagi vakolatlari

(10-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонунига асосан биринчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda o'rta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: tegishli hududda turizm sohasidagi davlat siyosatini hamda ushbu sohani muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; turizm sohasidagi davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy bo'linmasi bilan kelishuvga ko'ra turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda o'rta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi; tegishli hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi; turistlar va ekskursantlarning tegishli hududlarda joylashgan turistik resurslardan hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini, shuningdek ularning tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishini ta'minlaydi; mavjud turistik salohiyatni tahlil qiladi va tegishli hududda turizmni rivojlantirish to'g'risidagi zarur ma'lumotlarni taqdim etadi; tegishli hududda joylashgan turistik resurslarni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni joriy etadi; tegishli hududda turistik industriya ob'yektlarini rejalashtirish va qurish hamda ularning zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta'minlash bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi; investorlarni qidirish va jalb etishni, shuningdek tegishli hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida ularga ko'maklashishni amalga oshiradi; aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantiradi va qo'llab-quvvatlaydi; turistik axborot markazlarini tashkil etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.