Kuzatuv tartib-taomilining joriy etilishi qarzdorning rahbarini hamda qarzdorning ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan cheklovlar bilan o'z vakolatlarini amalga oshirishni davom ettirayotgan boshqa boshqaruv organlarini chetlashtirish uchun asos bo'lmaydi.
Qarzdorning boshqaruv organlari:
ko'chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bog'liq bitimlarni;
yirik bitimlarni;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o'zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o'tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog'liq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishi mumkin.
Qarzdorning boshqaruv organlari quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas:
qarzdorni qayta tashkil etish (qo'shib yuborish, qo'shib olish, ajratib chiqarish, bo'lish, o'zgartirish) va tugatish to'g'risidagi qaror;
yuridik shaxslarni tuzish haqidagi yoki boshqa yuridik shaxslarning ishtiroki to'g'risidagi qaror;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish to'g'risidagi qaror;
dividendlar to'lash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) o'rtasida taqsimlash to'g'risidagi qaror;
qarzdor tomonidan obligatsiyalar va boshqa emissiya qog'ozlarini joylashtirish to'g'risidagi qaror, bundan aktsiyalar chiqarish haqidagi qaror mustasno;
ilgari chiqarilgan aktsiyalarni aktsiyadorlardan sotib olish to'g'risidagi qaror.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
81-modda. Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor huquqlarining cheklanishi
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Kuzatuv davomida qarzdor rahbari va boshqa boshqaruv organlar o'z ishini davom ettira oladi, lekin muhim qarorlar qabul qila olmaydi. Ular ko'chmas mol-mulkni ijaraga berish, katta bitimlar, kreditlar olish va boshqa muhim ishlar uchun muvaqqat boshqaruvchining ruxsatini olishi kerak. Qayta tashkil etish, yangi kompaniya tuzish, filial ochish, dividendlar to'lash kabi qarorlar butunlay taqiqlanadi.
**Kimga tegishli**
Bu cheklovlar bankrotlik jarayonida bo'lgan kompaniyaning rahbari va boshqaruv organlariga tegishli.
**Amalda**
Kompaniya kuzatuv davomida o'z ofisini ijaraga bermoqchi bo'lsa, muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligini olishi kerak. Lekin kompaniyani boshqa kompaniya bilan qo'shish yoki aktsiyadorlarga dividendlar to'lash to'g'ridan-to'g'ri taqiqlanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.