«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

51-modda. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud hujjatlari

To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi: qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qaror; qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to'g'risidagi qaror; sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish to'g'risidagi ajrim; tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish to'g'risidagi ajrim; to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritishni tugatish haqida ajrim; to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizani ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi ajrim; kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi ajrim. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish bo'yicha sud hujjatlari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, darhol ijro etilishi lozim. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish bo'yicha sud hujjatining ko'chirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.