«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

44-modda. Vakolatli davlat organining arizasi

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan va (yoki) O'zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo'yicha qarzi bor korxonaga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi vakolatli davlat organining arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda, qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan holda beriladi. Vakolatli davlat organining arizasi sudga ushbu Qonunning 41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.