Agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to'lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy ichida qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bajarilmasa hamda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish imkoniyati yo'qligi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to'lovga qobiliyatsiz ekanligining alomatlari bo'ladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza sudga qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, kreditor, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilishi mumkin, bundan hayotga yoki sog'liqqa yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, alimentlarni undirish haqidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar bildiradigan kreditorlar mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to'lovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomili amalga oshirilayotganda kreditorlar hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, alimentlarni undirish to'g'risidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar yuzasidan o'z talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning talablari, agar ular to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo'llanilayotganda taqdim etilmagan bo'lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni yuritish tamomlanganidan keyin ham o'z kuchini saqlab qoladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
228-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to'lovga qobiliyatsizligi alomatlari va uni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Yakka tadbirkor (individual entrepreneur) to'lovga qobiliyatsiz deb hisoblanadi, agar u uch oy davomida o'z qarzlarini to'laya olmasa va unga nisbatan kreditorlarning talablari jami 200 baravarga yetsa. Bu holda u o'z majburiyatlarini bajarish imkoniyatiga ega emas deb topiladi.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoida yakka tartibdagi tadbirkorlar (individual entrepreneurs) va ularning kreditorlari, shuningdek davlat organlari uchun qo'llaniladi.
AMALDA
Akmal nomli tadbirkor uch oydan beri o'z xaridorlari va ta'minotchilarga to'lova olmaydi. Uning qarzlari 500 million so'mni tashkil etadi. Kreditorlar sud orqali Akmalning to'lovga qobiliyatsiz ekanligini tasdiqlatishi mumkin va bankrotlik jarayoni boshlashi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.