Kreditorlarning joriy to'lovlarga doir talablari jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan talablarga nisbatan ustunlikka ega bo'ladi va bu talablar navbatdan tashqari qanoatlantiriladi.
Kreditorlarning joriy to'lovlarga doir talablari quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — alimentlar to'lash, jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishga oid sud xarajatlari, moliyaviy boshqaruvchiga, jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish bo'yicha o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni ta'minlash uchun moliyaviy boshqaruvchi tomonidan jalb etilgan shaxslarga haq to'lash bilan bog'liq bo'lgan joriy to'lovlar;
ikkinchi navbatda — mehnatga oid munosabatlar bilan bog'liq bo'lgan joriy to'lovlar;
uchinchi navbatda — kommunal to'lovlar, shuningdek ko'p kvartirali uylarni boshqarish bo'yicha uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga to'lanadigan majburiy to'lovlar;
to'rtinchi navbatda — boshqa joriy to'lovlarga doir talablar qanoatlantiriladi.
Kreditorlarning joriy to'lovlarga doir bitta navbatga taalluqli bo'lgan talablari kalendar navbat tartibida qanoatlantiriladi.
Kreditorlar talablarining reyestriga kiritilgan talablar quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — fuqarolarning hayotiga yoki sog'lig'iga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik bo'yicha talablar, shuningdek alimentlar undirishga doir talablar;
ikkinchi navbatda — mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar;
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunning 150 va 154-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Garov narsasini sotishdan tushgan pul mablag'lari kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablarini qanoatlantirishga yo'naltiriladi. Garovga qo'yilgan mulk sotilganidan keyin kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablari to'liq qanoatlantirilganidan so'ng qolgan qismi tugatish massasiga kiritiladi.
Garov narsasining qiymati hisobidan qanoatlantirilmagan, jismoniy shaxsning mol-mulki garovi bilan ta'minlangan majburiyatlar kreditorlarning uchinchi navbatdagi talablari tarkibida qanoatlantiriladi.
Agar qarzdorning barcha mol-mulki garov bo'lsa va (yoki) qarzdorning mol-mulklari kreditorlarning talablarini to'liq hajmda qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa, garov narsasini sotishdan tushgan pul mablag'lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
kreditorning birinchi va ikkinchi navbatdagi talablarini qanoatlantirish uchun, biroq pul mablag'larining o'n foizdan ortiq bo'lmagan qismi doirasida;
moliyaviy boshqaruvchiga haq to'lash, boshqaruvchi tomonidan jalb etilgan shaxslarning xizmatlariga haq to'lash va garov narsasini sotish bilan bog'liq xarajatlar, shuningdek sud xarajatlarini hamda boshqa joriy to'lovlarning o'rnini qoplash, biroq pul mablag'larining o'n foizdan ortiq bo'lmagan qismi doirasida qoplash uchun;
qolgan pul mablag'lari kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablarini qanoatlantirishga yo'naltiriladi.
Kreditorlarning jismoniy shaxsning mol-mulki yetarli emasligi sababli qanoatlantirilmagan talablari qanoatlantirilgan deb hisoblanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
221-modda. Jismoniy shaxs kreditorlarining talablarini qanoatlantirish tartibi
Oddiy tilda
**NIMANI ANGLATADI**
Jismoniy shaxs (oddiy odam) qarzdor bo'lsa va to'lolmasa, uning kreditorlari (pul berganlar) o'z pullarini ma'lum tartibda qaytarib oladi. Avval oilaga ozuqa puli, keyin ishchilar maoshi, so'ng kommunal to'lovlar, oxirida boshqa qarzlar to'lanadi. Garov qo'yilgan mulk sotilsa, shu pul avval garov bilan ta'minlangan qarzlarni qoplaydi.
**KIMGA TEGISHLI**
Bu qoida jismoniy shaxs bankrotlik ishida kreditorlar va qarzdor o'rtasidagi hisob-kitoblar tartibini belgilaydi.
**AMALDA**
Odam 100 million so'm qarz qildi: 20 million ozuqa qarzı, 30 million maosh qarzı, 50 million bank qarzı. Mol-mulki 60 million so'mga sotilsa, avval 20 million ozuqa, keyin 30 million maosh, oxirida 10 million bank qarziga beriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.