«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

218-modda. Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotishni boshlash

(218-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 октябрдаги ЎРҚ-974-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.10.2024 й., 03/24/974/0804-сон)

Sud jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to'g'risida quyidagi hollarda qaror qabul qiladi, agar: jismoniy shaxs sud tomonidan ushbu Qonun 200-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq zimmasiga yuklatilgan majburiyatni uzrli sabablarsiz bajarmagan bo'lsa; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi ushbu Qonunning 207-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan bo'lsa; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini tasdiqlash sud tomonidan rad etilgan bo'lsa. Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili ko'pi bilan olti oy muddatga joriy etiladi. Zarur bo'lganda bu muddat to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga ko'ra yoki sudning tashabbusi bilan ko'pi bilan uch oy muddatga uzaytirilishi mumkin. Agar kreditorlar yig'ilishi tomonidan jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini o'tkazish uchun uning moliyaviy boshqaruvchisi nomzodi taqdim etilmagan bo'lsa, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini o'tkazgan moliyaviy boshqaruvchini tayinlaydi. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlangan taqdirda, sud jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishga bo'lgan huquqini vaqtincha cheklash haqida ajrim chiqarishga haqli. Jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga bo'lgan huquqi jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash yoki tugatish haqida, shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risida ajrim chiqariladigan kunga qadar cheklanadi. Jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishi talab etiladigan uzrli sabab mavjud bo'lgan taqdirda, sud jismoniy shaxsning iltimosnomasiga ko'ra hamda kreditorlarning va moliyaviy boshqaruvchining fikrlarini inobatga olgan holda jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishga bo'lgan huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi ajrimni muddatidan ilgari bekor qilishi mumkin. Jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishga bo'lgan huquqiga vaqtincha cheklov belgilash va uni bekor qilish to'g'risidagi ajrimlarning ko'chirma nusxalari jismoniy shaxsga hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlariga yuboriladi. Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash jarayonida kreditorlarning hamda tegishli vakolatli organning talablari ushbu Qonunda belgilangan tartibda ko'rib chiqilishi lozim. Kreditor kreditorlarning talablari reyestriga kiritish uchun o'z talablarini belgilangan muddatda uzrli sabablarga ko'ra bildirmagan, moliyaviy boshqaruvchi tomonidan kreditorlarning talablari reyestriga kiritilmaganligidan yoki reyestrning talablarini qanoatlantirish navbatidan norozi bo'lgan hollarda sudga murojaat qilishga haqli. Kredit tashkilotlari jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlanganda to'lovga qobiliyatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning mavjud omonatlari, hisobvaraqlari va mablag'lari haqida, shuningdek boshqa mol-mulki hamda bank yacheykasining (seyfning) ijara shartnomasi to'g'risida moliyaviy boshqaruvchining so'rovi asosida axborot taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Sud jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish jarayonini boshlaydi, agar u qarzini to'lay olmasa yoki qarz o'zgartirilish rejasini taqdim etmasa. Bu jarayon ko'pi bilan olti oy davom etadi. Sud jismoniy shaxsning mamlakattan chiqishiga vaqtincha to'siq qo'yishi mumkin. **Kimga tegishli** Bu qonun jismoniy shaxslar (oddiy odamlar) va ularning qarzlarini to'lashda muammolari bo'lgan hollarda qo'llaniladi. **Amalda** Agar Sardor 500 million so'm qarz qilgan bo'lsa va to'lay olmasa, sud uning mol-mulkini sotish jarayonini boshlaydi. Sardor mamlakattan chiqib ketishi mumkin emas, qarz to'lagunga qadar.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.