«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

208-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga qo'yiladigan talablar

Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi taqdim etilgan sanada qarzdor jismoniy shaxs daromad manbaiga ega bo'lishi kerak; jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza qabul qilingan sanaga qadar jismoniy shaxsni mayda o'g'rilik sodir etganligi uchun, mol-mulkni qasddan yo'q qilish, unga zarar yetkazish yoki uni shikastlash yoxud soxta to'lovga qobiliyatsizlik yoki qasddan to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari bo'yicha ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi ishlar bo'yicha ish yuritish tugatilgan bo'lishi, shuningdek jismoniy shaxsning iqtisodiy sohada qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlanganlik holati olib tashlangan yoki tugatilgan bo'lishi; qarzni tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi taqdim etilishidan oldingi besh yil davomida jismoniy shaxs bankrot deb topilmaganligi va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili qo'llanilmaganligi; ushbu reja taqdim etilishidan oldingi sakkiz yil davomida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi tasdiqlanmagan bo'lishi. Qarzdor jismoniy shaxs kreditorlarni: mayda o'g'rilik, mol-mulkni qasddan yo'q qilish, unga zarar yetkazish yoki uni shikastlash, to'lovga qobiliyatsizlik vaqtida g'ayriqonuniy harakatlar sodir etilganligi, soxta to'lovga qobiliyatsizlik yoki qasddan to'lovga qobiliyatsizlik uchun ma'muriy yoxud jinoiy javobgarlikka tortilganligi faktlari haqida; jismoniy shaxsga ma'lum bo'lgan jinoyat ishlari va ma'muriy ishlar haqida, shuningdek sudlanganlik holati olib tashlanganligi yoki sudlanganligi tugatilganligi to'g'risida; ilgari besh yil mobaynida qabul qilingan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini qo'llash haqidagi qaror yoki uning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi taqdim etilishidan oldingi sakkiz yil ichida qarzni tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejalari to'g'risida xabardor qilishi shart. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasida ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.