Sudning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini tasdiqlash to'g'risidagi ajrimi yoki jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib taomilini boshlash to'g'risidagi qarori chiqarilguniga qadar undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga yo'l qo'yilmaydi.
Sud tomonidan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasi tasdiqlanganidan keyin ushbu reja uchun jismoniy shaxsning mol-mulk garovi bilan ta'minlangan majburiyatlari bo'yicha ovoz bermagan kreditor undiruvni jismoniy shaxsning garovga qo'yilgan mol-mulkiga qaratish to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli bo'lib, bu iltimosnoma, agar undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini bajarishga to'sqinlik qilishi isbotlanmagan bo'lsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin.
Kreditorlarning jismoniy shaxsning mol-mulk garovi bilan ta'minlangan talablarini qanoatlantirish shartlari jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasida ko'rsatilishi kerak. Bu shartlar garov bilan ta'minlangan kreditorlar tomonidan ma'qullanadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
203-modda. Jismoniy shaxsning garov bilan ta'minlangan talablari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.