Tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida kreditorlarning talablarini qanoatlantirish maqsadida shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona mulkiy majmua sifatida sotilishi mumkin. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonani sotish tanlov yoki elektron onlayn-auktsion shaklidagi kimoshdi savdosi o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat:
shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona sotilayotgan paytda unda ishlab turgan xodimlarning kamida yetmish foizi uchun ish o'rinlarini saqlab qolish;
shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning faoliyat sohasi o'zgartirilgan taqdirda sotib oluvchining xodimlarni qayta o'qitish yoki ishga joylashtirish majburiyati.
Davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta'minlovchi, shuningdek strategik ahamiyatga ega bo'lgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat:
davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta'minlovchi korxona mulkiy majmuasining, shuningdek strategik ahamiyatga ega bo'lgan korxona mol-mulkining hamda safarbarlik maqsadidagi mol-mulkning belgilangan maqsadi, shuningdek strategik ahamiyatdagi mol-mulkning muayyan maqsadi saqlab qolinishini ta'minlash;
qarzdorning davlat mudofaasiga oid buyurtmaga, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi sohasidagi davlat ehtiyojlarini ta'minlashga doir ishlarni amalga oshirish bilan bog'liq shartnomalarini bajarish.
Tabiiy monopoliyalarning sub'yekti bo'lgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat:
tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonunchilikning tartibga solish predmeti bo'lgan tovarlar yetkazib berish shartnomalari bo'yicha qarzdorning majburiyatlarini sotib oluvchi o'z zimmasiga olishga roziligi, ishlab chiqarilayotgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) iste'molchilarning erkin foydalana olishi ta'minlanganligi;
agar qarzdorning faoliyati litsenziyalanishi lozim bo'lsa, tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun sotib oluvchida litsenziyaning mavjud bo'lishi.
Tanlovning mazkur moddaning ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilmagan shartlari faqat kreditorlar yig'ilishining roziligi bilan ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanishi mumkin.
Agar shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona tanlov shartlarida sotilmagan bo'lsa, korxona elektron onlayn-auktsion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilishi lozim.
Agar davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonaning mol-mulki tarkibida muomalada bo'lishi cheklangan mol-mulk mavjud bo'lsa, bunday korxonani sotish faqat yopiq kimoshdi savdosida tanlov shaklida amalga oshirilib, qonunga muvofiq faqat mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo'la oladigan shaxslar bunday savdoning ishtirokchilari bo'lishi mumkin.
Davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi sotilayotgan korxonaning muomaladan chiqarilgan mol-mulki mol-mulkning egasiga u shunday mol-mulk mavjudligi haqida tashqi boshqaruvchi tomonidan xabardor qilingan paytdan e'tiboran uch oydan kechiktirmay topshiriladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki vazirliklar, idoralar va xo'jalik boshqaruvi organlari elektron onlayn-auktsion shaklidagi kimoshdi savdosi yakunlari to'g'risidagi bayonnoma imzolanganidan keyin bir oy ichida elektron onlayn-auktsion shaklidagi kimoshdi savdosini o'tkazish natijasida belgilangan narx bo'yicha davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonani, strategik ahamiyatga ega bo'lgan korxonalarni va (yoki) tabiiy monopoliya sub'yektlarini sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
175-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonani sotish shartlari
(175-модданинг тўққизинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bankrotlik jarayonida davlat va strategik ahamiyatga ega bo'lgan korxonalarni sotish uchun maxsus qoidalar belgilangan. Ushbu korxonalar oddiy savdoda emas, balki tanlov yoki elektronik auktsion orqali sotiladi. Sotuvda ishchilarni saqlab qolish, mudofaa qobiliyatini ta'minlash va monopoliya qoidalarini bajarilishi majbur.
**Kimga tegishli**
Bu qoida davlat mulkiga tegishli korxonalar, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi tashkilotlar, shuningdek tabiiy monopoliyalar (elektr, gaz, suv) uchun qo'llaniladi.
**Amalda**
Masalan, davlat fabrikasi bankrot bo'lsa, uni sotishda yangi egasi kamida 70% ishchilarni ish o'rinida qoldirishga va davlatning mudofaa shartnomalarini bajarishga majbur bo'ladi. Agar fabrika elektr ishlab chiqarsa, yangi egasi ham shu faoliyatni davom ettirishi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.