Kreditorlar yig'ilishi sud boshqaruvchisining tashabbusiga ko'ra yoki kreditorlar qo'mitasining talabiga binoan yoxud pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha majburiyatlar yuzasidan talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha majburiyatlar yuzasidan talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi kreditorlarning talabiga binoan yoki kreditorlar umumiy sonining uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
Kreditorlar yig'ilishini o'tkazish to'g'risidagi talabda kreditorlar yig'ilishi kun tartibiga kiritilishi lozim bo'lgan masalalar ta'riflangan bo'lishi kerak.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar qo'mitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan kreditorlarning talabiga binoan chaqirilayotgan kreditorlar yig'ilishi kun tartibining masalalari ta'rifiga o'zgartishlar kiritishga haqli emas.
Kreditorlar yig'ilishi kreditorlar qo'mitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan kreditorlarning talabiga binoan tegishli ariza bilan sud boshqaruvchisiga murojaat etilgan paytdan e'tiboran kechi bilan o'ttiz kunlik muddat ichida sud boshqaruvchisi tomonidan chaqiriladi.
Kreditorlar yig'ilishi, agar kreditorlar yig'ilishi yoki kreditorlar qo'mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, qarzdorning joylashgan yerida (yashash joyida) o'tkaziladi. Kreditorlarning birinchi yig'ilishini qarzdorning joylashgan yerida (yashash joyida) o'tkazish mumkin bo'lmasa, kreditorlarning birinchi yig'ilishi o'tkaziladigan joy sud boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
15-modda. Kreditorlar yig'ilishini chaqirish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.