«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

146-modda. Tugatish massasi

(146-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Qarzdorning barcha aktivlari, ular balanslarda ko'rsatilganligidan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'i nazar, tugatish massasini shakllantirish uchun asos bo'lib hisoblanadi. Tugatish massasiga quyidagilar kirmaydi: qarzdor xodimlariga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulk; ishonchli boshqaruvdagi, qarzdor ijara huquqi asosida foydalanayotgan mol-mulk; garov narsasi, shu jumladan garovga berilgan talab qilish huquqlari hamda garov xatlari, bundan ushbu Qonun 149-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; qarzdorga javobgarlik asosida saqlash uchun berilgan tovarlar; qonunchilikka muvofiq qarzdorning mulki bo'lmagan boshqa mol-mulk. Qarzdorning balansida bo'lgan, lekin uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilmagan, shuningdek qarzdorga foydalanish uchun berilgan davlatga tegishli ijtimoiy infratuzilma ob'yektlari va umumiy foydalanishdagi kommunal soha ob'yektlari qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili boshlangan paytdan e'tiboran bir oylik muddat ichida ularning qoldiq qiymati bo'yicha tugatish boshqaruvchisi tomonidan tegishincha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va (yoki) tashkilotlarga ularning funktsional mansubliligiga ko'ra topshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.