Sud tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to'g'risida ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos bo'ladi.
Sudning muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to'g'risidagi ajrimida quyidagilar belgilanadi:
talablari qanoatlantirilishi boshlanadigan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbati;
navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugallash navbatining mazkur ajrim chiqarilgan sanadan e'tiboran ikki oydan oshmasligi shart bo'lgan muddati;
bunday navbatdagi kreditorlarning talablarini qanoatlantirish nisbatlari.
Kreditorlarning ular bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqarilgan kreditorlarga nisbatan navbat tartibida qanoatlantirilishi lozim bo'lgan talablari sud tomonidan aniqlangan taqdirda, sud kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartibini o'zgartirish to'g'risida ajrim chiqarishga haqli.
Agar muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar sud tomonidan belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki hisob-kitoblar belgilangan nisbatda amalga oshirilmagan bo'lsa, kreditor muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to'g'risidagi ajrim chiqarilgan sanadan e'tiboran to uning talablari tegishincha to'la yoxud belgilangan nisbatda qanoatlantirilgan sanaga qadar to'lanmagan summaga O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan miqdorda foizlar hisoblanishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
136-modda. Muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to'g'risida ajrim chiqarish oqibatlari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud muayyan kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to'g'risida qaror chiqaradi. Bu qarorida kreditorlarning qaysi tartibda to'lanishi, qancha vaqt ichida va qanday nisbatda qanoatlantirilishi ko'rsatiladi. Agar muddati o'tib ketsa yoki nisbat buzilsa, kreditor qo'shimcha foiz talashi mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu huquq bankrotlik jarayonida muayyan navbatdagi kreditorlarga tegishli.
**Amalda**
Kompaniya bankrot bo'ldi. Sud birinchi navbat kreditorlarini 2 oy ichida 100% to'lash, ikkinchi navbatni 50% to'lash qaror qildi. Agar 2 oydan keyin hisob-kitob bo'lmasa, ikkinchi navbat kreditori qo'shimcha foiz talashi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.