Tashqi boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulkini qabul qilib olishi va uni inventarizatsiyadan o'tkazishi;
qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirishga, aniqlashga va qaytarishga qaratilgan choralar ko'rishi;
tashqi boshqaruvni o'tkazish va kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun maxsus hisobvaraq ochishi;
tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va kreditorlarning yig'ilishi tasdiqlashi uchun taqdim etishi;
moliyaviy, buxgalteriya va statistika hisobini yuritishi hamda hisobdorlikni ta'minlashi;
kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablari yuzasidan e'tirozlar bildirishi;
qarzdor oldidagi qarzni undirish choralarini ko'rishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
kreditorlarning yig'ilishiga tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi va yakunlari haqida hisobotlar taqdim etishi;
kreditorning talabiga ko'ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o'z faoliyati to'g'risidagi axborotni o'n kunlik muddatda taqdim etishi;
tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi haqida kreditorlar yig'ilishiga va kreditorlar qo'mitasiga, shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi bo'lsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
115-modda. Tashqi boshqaruvchining majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.