Sud sanatsiyasi tartib-taomilining belgilangan muddati tugashiga kamida o'n besh kun qolganida qarzdorning rahbari o'tkazilgan sud sanatsiyasi tartib-taomilining natijalari haqida sudga hisobot taqdim etishi shart. Mazkur hisobotga qarzdorning oxirgi sanadagi holatga ko'ra buxgalteriya balansi, qarzdorning moliyaviy natijalari to'g'risidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori va mazkur qanoatlantirishni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining hisobotiga doir xulosasi, qanoatlantirilgan talablar miqdori ko'rsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri, talablari qanoatlantirilmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi kerak. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini o'tkazish natijalari haqidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko'rib chiqiladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzni to'lash jadvaliga talablari kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini o'tkazish natijalari haqidagi hisobotini ko'rib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini o'tkazish natijalari haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini ko'rib chiqish yakunlariga ko'ra sud:
agar to'lanmagan qarzi mavjud emasligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishni to'xtatish haqida ajrim chiqaradi;
agar to'lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Sud qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etgan taqdirda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
104-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilining tamomlanishi
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud sanatsiyasi tugashi vaqtida qarzdor rahbari sudga hisobot taqdim etadi. Bu hisobotda moliyaviy holat, qaysi qarzlar to'langanligini ko'rsatadi. Sud bu hisobotni va kreditorlarning shikoyatlarini tekshiradi, keyin qaror qabul qiladi.
**Kimga tegishli**
Bu tartib qarzdor, kreditorlar va sud sanatsiyasi boshqaruvchisiga tegishli.
**Amalda**
Kompaniya sanatsiya davomida qarzlarining bir qismini to'ladi. Muddati tugashiga 15 kun qolganida rahbar sudga hisobot beradi. Agar barcha qarzlar to'langan bo'lsa, sud ishni yopadi. Agar qarz qolgan bo'lsa, sud tashqi boshqaruvni boshlaydi yoki kompaniyani bankrot deb e'lon qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.