«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

102-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilining muddatidan ilgari tamomlanishi

Kreditorlarning qarzni to'lash jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasi tartib-taomilining sud tomonidan belgilangan muddati o'tishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida sudga ushbu Qonunning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobot taqdim etadi. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi to'g'risidagi hisoboti, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining hisobotiga doir xulosasi va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko'rib chiqiladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining talablari qarzni to'lash jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini ko'rib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilishi shart. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi to'g'risidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini ko'rib chiqish yakunlari asosida sud: agar to'lanmagan qarz mavjud emasligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishni to'xtatadi; agar to'lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi. Qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlash va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishni tugatish haqida yoki mazkur hisobotni tasdiqlashni rad etish to'g'risida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.