«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

64-modda. Ta'lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik

Ta'lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik davlat va xususiy sheriklarning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o'z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorlikdir. Nodavlat ta'lim tashkilotlari ta'lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi mumkin. Ta'lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik «Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni printsiplari, normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.