Kunduzgi ta'lim shaklidagi ta'lim tashkilotida ta'lim oluvchilarga, shuningdek sirtqi ta'lim shaklida yakuniy va oraliq attestatsiya davrida vaqtincha yashash joylari, ular mavjud bo'lgan taqdirda beriladi.
Vaqtincha yashash joylari ta'lim oluvchilarga ta'lim tashkiloti tomonidan belgilangan tartibga muvofiq beriladi.
Vaqtincha yashash joylariga muhtojlar mavjud bo'lgan hollarda, ushbu joylardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
Vaqtincha yashash joylaridan foydalanish uchun ta'lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq haq to'lanadi.
Vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun to'lov miqdori ta'lim tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Davlat ta'lim muassasalari ayrim turdagi ta'lim oluvchilar uchun vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun to'lov qiymatini kamaytirishga yoki ularni to'lovdan to'liq ozod qilishga haqli. Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, shuningdek o'qitish davrida yetim bo'lib qolgan bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun haq to'lashdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn50-modda. Ta'lim tashkilotlarida ta'lim oluvchilarni vaqtincha yashash joylari bilan ta'minlash
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ta'lim tashkilotlari o'quvchilarga dorm yoki yatoxona kabi vaqtincha yashash joylari beradi. Kunduzgi ta'limda va sirtqi ta'limda imtihon vaqtida bu xizmat taqdim etiladi. Vaqtincha yashash joylaridan faqat ta'lim maqsadida foydalanish mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu qoida davlat va xususiy ta'lim tashkilotlariga, shuningdek o'quvchilarga va talabalariga tegishli.
**Amalda**
Viloyat universitetida o'qiyotgan talaba imtihon davrida dormitoryda yashashi mumkin va shartnoma asosida haq to'laydi. Lekin yetim talaba yoki nogironlik sertifikati bo'lsa, to'lovdan ozod qilinadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.