«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

47-modda. Ta'lim oluvchilarning huquqlari

(47-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ta'lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega: bepul asosda umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olish; yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o'rta ta'lim muassasasiga qabul qilinish; ta'lim olish shakllarini erkin tanlash; davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari va o'quv dasturlariga muvofiq sifatli ta'lim olish; ta'lim olish uchun o'zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bo'lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish; davlat ta'lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional ta'lim va oliy ta'limning davlat ta'lim standartlari talablariga binoan ishlab chiqilgan, o'zi oladigan ta'limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish; pedagog xodimlar va ta'lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va sog'lig'iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo'ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish; ta'lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta'tillar olish; akademik ta'tillar va stipendiyalar olish, o'qishni tiklash va o'qishini boshqa ta'lim tashkilotlariga, bir ta'lim shaklidan, kasbdan, ta'lim yo'nalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga ko'chirish; ta'lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish; ta'lim olish jarayonida ta'lim tashkilotining o'quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy, sport va maishiy ob'yektlari xizmatlaridan bepul foydalanish; ta'lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish. Ta'lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Ta'lim tashkilotlarida ta'lim oluvchilarni ta'lim olish bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Ta'lim oluvchilar — o'quvchilar va talabalar — qonun bilan himoyalangan huquqlarga ega. Ular bepul ta'lim olishlari, o'z hududidagi maktabga kirish huquqi, ta'lim shaklini tanlash, sifatli ta'lim, psixologik yordam, dam olish, stipendiya, ta'lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish va boshqa imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin. **Kimga tegishli** Bu huquqlar barcha ta'lim oluvchilarga — boshlang'ich, o'rta va oliy ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning barchasiga tegishli. **Amalda** Bir o'quvchi yashash joyidagi davlat maktabiga bepul qabul qilinadi va sifatli ta'lim oladi. Agar uning o'qishda qiyinchilik bo'lsa, maktab bepul psixologik xizmatdan foydalanishi mumkin. Shuningdek, u ta'lim tashkilotining kutubxonasi, laboratoriyasi va sport zallari xizmatlaridan bepul foydalanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.