Ta'lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon tarmog'ida joylashtiriladigan ta'lim tashkilotlari faoliyati to'g'risidagi ochiq axborot resurslari bilan ta'minlanadi.
Ta'lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
ta'lim tashkilotining ustavi;
ta'lim berish tillari haqida ma'lumot;
davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari;
ta'lim faoliyatining moddiy-texnika ta'minoti haqida ma'lumot;
litsenziya (nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun);
ta'lim tashkilotining reytingi;
ta'lim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi to'g'risidagi sertifikat;
ilmiy tadqiqotlar yo'nalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot bazasi to'g'risidagi ma'lumot (oliy ta'lim uchun);
ta'lim oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam ko'rsatishning mavjudligi va shartlari to'g'risidagi ma'lumot;
vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek to'lov miqdori to'g'risidagi ma'lumot;
pedagoglar va ta'lim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati to'g'risidagi ma'lumot.
Ta'lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning ishonchligini ta'minlash uchun ta'lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan javobgardir.
Ayrim ta'lim tashkilotlarining faoliyati to'g'risidagi axborotdan foydalanish qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn37-modda. Ta'lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
(37-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.