Ta'lim tashkilotining ustavi ta'lim turlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ta'lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko'rsatiladi:
ta'lim turi va shakli;
ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari;
o'quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni;
ta'lim tashkilotiga qabul qilish tartibi;
ta'lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
ta'lim oluvchilar, pedagog kadrlar, o'quv-tarbiya ishlari bo'yicha xodimlar, ma'muriy-boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
ta'lim tashkilotining mol-mulki va vositalari;
ta'lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ta'lim tashkilotining namunaviy ustavi:
umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda bolalar uchun qo'shimcha ta'lim tashkilotlari uchun — O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan;
oliy ta'lim tashkilotlari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlari, shuningdek katta yoshdagilar uchun qo'shimcha ta'lim tashkilotlari uchun — O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha ta'lim tashkilotlari uchun — tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Ta'lim tashkilotining ustavi ta'lim tashkilotining ta'sischilari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy tegishlilik bo'yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro'yxatga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn32-modda. Ta'lim tashkilotining ustavi
(32-модда учинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.