Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ta'lim olishga ko'maklashadi. Bolalarning oilada ta'lim olishi va mustaqil ta'lim olish uslubiy va maslahat yordami ko'rsatilgan holda tegishli o'quv dasturlari bo'yicha amalga oshiriladi.
Oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish tartibi, shuningdek ta'lim oluvchilarning toifalari ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Oilada ta'lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat ta'lim muassasasi hamda ta'lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari o'rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta'lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta'lim oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma'naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada ta'lim olgan va mustaqil ta'lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta'lim to'g'risidagi hujjatni berish davlat ta'lim muassasalarining tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn18-modda. Oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Oilada ta'lim olish — bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili bilan uyda o'qishi. Mustaqil ta'lim olish — shaxs o'z ixtiyori bilan, hech kimning nazorati siz o'qishi. Davlat bu ikki usulni qo'llab-quvvatlaydi va o'quv dasturlari beradi.
KIMGA TEGISHLI
Bu huquq barcha bolalar va o'qishni xohlaydigan shaxslarga tegishli.
AMALDA
Ota-ona bolasini maktabga yubormay, uyda o'qitmoqchi bo'lsa, davlat maktabi bilan shartnoma tuzadi. O'qish tugagach, bolani imtihonga qo'yib, rasmiy sertifikat beradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.