«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Davlat boshqaruv organlari o'z vakolatlari doirasida: tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni o'rganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi; tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi; tadbirkorlik faoliyati sub'yektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda ko'maklashadi; tadbirkorlik faoliyati sub'yektlariga o'z mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda ko'maklashadi; tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari o'rtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sug'urta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi; tadbirkorlik faoliyati sub'yektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda ko'maklashadi; tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.