Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga ushbu shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni o'tkazish rejasidan ko'chirma yoki shu organ qabul qilgan rejadan tashqari yoxud muqobil tekshirish o'tkazish to'g'risidagi qarorning ko'chirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish o'tkazish to'g'risidagi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi hamda tekshirishni o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan buyrug'ining ko'chirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshirishlarni o'tkazishga ruxsat berilganligi to'g'risidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi bo'lganda yo'l qo'yiladi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar
(40-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 13 сентябрдаги ЎРҚ-295-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 37-сон, 374-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.