Tijorat siri bo'lgan, uchinchi shaxslarga ma'lum bo'lmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga ma'lum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko'rayotganligi tufayli haqiqiy yoki potentsial tijorat qiymatiga ega bo'lgan hollarda himoya qilinadi.
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat ro'yxatidan o'tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat'i nazar vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo'la olmaydigan ma'lumotlarga (davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak bo'lgan yuridik shaxslar to'g'risidagi, mol-mulkka bo'lgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi ma'lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarga va boshqa ma'lumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqalgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashi shart.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma'lumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu ma'lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qat'i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
37-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.