«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari

Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub'yektlariga bu sub'yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta'minlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo'li bilan ta'minlanadi. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin. Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan statistika axboroti muntazam e'lon qilib borilishini ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.