«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

23-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi. Mol-mulk mulkdori o'z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday harakatni qilishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektidan mulkni olib qo'yishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yo'l qo'yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.