Водный кодекс

9-modda. Suv ob'yektlaridan foydalanish turlari

Suv ob'yektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo'lishi mumkin. Suv ob'yekti suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlariga va suvdan foydalanuvchilarga nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda bitta yoki bir nechta maqsadda foydalanishga beriladi. Suv ob'yekti tegishliligi bo'yicha suv xo'jaligi organlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari, tog'-kon sanoati va geologiya organlari bilan kelishuvga ko'ra qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga beriladi. Oqova suvlarni oqizish uchun suv ob'yektidan foydalanishga faqat ekologiya va sanitariya talablari hamda shartlariga rioya etilgan taqdirda yo'l qo'yiladi. Suv ob'yektlari bitta yoki ayni bir vaqtda bir nechta maqsadda foydalanishga berilishi mumkin. Suv ob'yektlari tanho foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa vakolatli davlat organi tomonidan to'liq yoki qisman beriladi. Tanho foydalanishga berilmagan suv ob'yekti birgalikda foydalaniladigan suv ob'yektidir. Suvdan foydalanuvchilar birgalikda foydalaniladigan suv ob'yektidan suv olishda o'zaro manfaatlarni inobatga olishi, suvdan foydalanish huquqi amalga oshirilishini qiyinlashtirmasligi va bir-biriga zarar yetkazmasligi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.