Водный кодекс

70-modda. Tejab qolingan suvni boshqa shaxsga berish

Suvdan foydalanuvchi o'ziga ajratilgan suv olish limiti doirasida tejab qolingan suvni yoki suvga bo'lgan ehtiyoj qisqarganligi natijasida tejab qolingan suvni ayni shu gidrografik zonadagi boshqa suvdan foydalanuvchiga shartnoma asosida berishi mumkin. Suv yetkazib beruvchi tashkilot suvdan foydalanuvchilar o'ziga ajratilgan suv olish limitlari doirasida iqtisod qilingan suvdan voz kechganligi yoxud suvga bo'lgan ehtiyoj qisqarganligi munosabati bilan paydo bo'lgan ortiqcha suvni boshqa talabgor foydalanuvchiga yetkazib berishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.