Водный кодекс

66-modda. Suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnoma

Suvdan foydalanish suv yetkazib beruvchi tashkilot va suvdan foydalanuvchi o'rtasida tuziladigan suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Suv yetkazib beruvchi tashkilot suvdan foydalanuvchilardan so'rovnoma olganda, agar ular xizmat ko'rsatish hududida joylashgan va suv olish kvotasiga ega bo'lsa, ular bilan suvdan foydalanish to'g'risida shartnoma tuzishi shart. Suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomada suv olish kvotalari, yetkazib beriladigan suv hajmlarini suv olishning har yillik yoki mavsumiy limitlari, suvni yetkazib berganlik uchun to'lovning miqdorlari va mexanizmlari, suv yetkazib berishning boshqa shartlari, shuningdek taraflarning huquq va majburiyatlariga qarab o'zgartirish mexanizmlari shartlashib olinadi. Suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomaning namunaviy shakllari O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan (bundan ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti mustasno) O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi (suvni tabiiy suv ob'yektlaridan olishda), O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi (suvni yer osti suvlaridan olishda), shuningdek O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomani tuzishda suv olish kvotasining mavjudligi majburiy talab hisoblanadi. Taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi ushbu Kodeks hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga binoan suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomada belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.