Sug'oriladigan yerlar uchun suv olish kvotasi sug'oriladigan yer uchastkasi maydonini bir gektar sug'oriladigan yer maydoni uchun suv olish kvotasini ajratish normativlariga ko'paytirish orqali hisob-kitob qilinadi.
Gidrografik zonadagi bir gektar sug'oriladigan yer maydoni uchun suv olish kvotasini ajratish normativlari mazkur gidrografik zonadagi sug'oriladigan yerlarda keyingi o'n gidrologik yil uchun amaldagi o'rtacha suv olish hajmlarini mazkur gidrografik zonadagi sug'oriladigan yerlarning umumiy maydoniga bo'lish orqali hisob-kitob qilinadi. Bunda tuproqning mexanik tarkibi, joylashgan joyining relyefi, sizot suvlarning sathi, iqlim sharoitlari, ko'p yillik suv ta'minoti va boshqa omillar ham inobatga olinadi.
Bir gektar sug'oriladigan yer maydoni uchun suv olish kvotasini ajratish normativi suv xo'jaligi organlari tomonidan hisob-kitob qilinadi va bir yilda ko'pi bilan bir marta qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn62-modda. Sug'oriladigan yerlar uchun suv olish kvotasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.