Водный кодекс

59-modda. Suv xo'jaligi tadbirlarini o'tkazish, suvdan foydalanish shartlarini tugatish yoki o'zgartirish natijasida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash

Yuridik va jismoniy shaxslarga suv xo'jaligi tadbirlarini (suv xo'jaligi ob'yektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash-tiklash ishlarini va boshqalarni) o'tkazish, suvlardan nooqilona foydalanish, ularni bulg'atish, ifloslantirish, kamaytirish, shuningdek suvdan foydalanish shartlarini qonunga xilof ravishda bekor qilish yoki o'zgartirish natijasida yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda qoplanishi lozim. Suv ob'yektlarining sohil bo'yi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida qonunga xilof ravishda qurilgan ob'yektlarda hamda qonunga xilof ravishda o'zlashtirilgan yer uchastkalarida suv xo'jaligi tadbirlarini o'tkazish chog'ida yetkazilgan zararning o'rni qoplanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.