Водный кодекс

50-modda. Suv resurslari bo'yicha axborot tizimi

Suv resurslarini kompleks boshqarish hamda ulardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni ta'minlash uchun axborotni to'plash, saqlash, qayta ishlash va taqdim etish, suv xo'jaligi sohasidagi davlat siyosatini, rivojlanish dasturlarini, havza rejalarini, loyihalar va tadbirlarni ishlab chiqish, suv bilan ta'minlanganlikni prognoz qilish, istiqbolli va tezkor qarorlar qabul qilish, shuningdek jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida «Raqamli suv xo'jaligi» yagona axborot tizimi yaratiladi. Yagona axborot tizimini boshqarish O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan Davlat byudjeti mablag'lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Barcha suvdan foydalanuvchilar, aloqador bo'lgan vazirlik va idoralar belgilangan shakllar bo'yicha axborotning to'planishini, unga ishlov berilishini hamda uning Suv resurslari bo'yicha milliy axborot tizimiga «Elektron hukumat» tizimi orqali bepul taqdim etilishini ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.