Водный кодекс

38-modda. Suvni davlat tomonidan hisobga olish

Suvni davlat tomonidan hisobga olish suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni joriy va istiqbolda rejalashtirishdan, shuningdek jamoatchilikni xabardor qilish uchun muayyan hududda yer usti va yer osti suvlarining hamda oqova suvlarning miqdori va sifatini aniqlashdan iborat. Suvni davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: davlat suv fondini tashkil etuvchi suvning miqdor va sifat jihatidan tarkibini belgilash; suv xo'jaligi balansini tuzish; aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvdan foydalanilishi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash hamda yangilab borish; suv resurslaridan foydalanganlik uchun va ko'rsatilgan suv xo'jaligi xizmatlari uchun soliq bazasini belgilash. Suv resurslari standart gidrometrik asboblar bilan ularning sifat va miqdor jihatdan tarkibi bo'yicha muntazam hisobga olinishi, standart uslublar bilan qayta ishlanishi hamda havzalar (hududlar) yillik va ko'p yillik hisoblashda baholanishi lozim. Suv ob'yektlarining soni va holatini hisobga olish mazkur ob'yektlarning hajmlari, holati hamda o'rganilganlik darajasidan kelib chiqib va geoaxborot texnologiyalaridan foydalangan holda kartografiya, gidrogeologiya va geodeziya uslublari bilan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasida suvni davlat tomonidan hisobga olish yagona tizim bo'yicha amalga oshiriladi hamda suvdan foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun yer usti va yer osti suvlaridan foydalanish to'g'risidagi hisobga olish ma'lumotlariga hamda suvning va suv ob'yektlarining davlat monitoringi ma'lumotlariga asoslanadi. Yer usti va yer osti suvlari ma'muriy va gidrografik chegaralar doirasida, shuningdek suvdan foydalanuvchilar doirasida hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.