Suv ob'yektlaridan suv olish faqat suvdan foydalanuvchilarning yozma yoki elektron buyurtmanomalari bo'yicha (bundan ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti tizimidan, shuningdek yer osti suv havzalaridan o'z hisobidan sug'orish quduqlari orqali suv olish hollari mustasno), ularning suvdan foydalanishga tayyorligiga ko'ra, belgilangan mavsumiy suv olish kvotasi va suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.
Suv olish uchun buyurtmanomalar suvdan foydalanuvchilar tomonidan suv yetkazib beruvchi tashkilotlarga yoki ularning vakolatli shaxslariga mo'ljallanilayotgan suv olish boshlanishidan o'n kun oldin, suv olishning aniq joyi va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek suv olish hajmlari hamda belgilangan maqsadi ko'rsatilgan holda O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda beriladi.
Suv olish uchun buyurtmanomada ko'rsatilgan suv hajmi belgilangan suv olish kvotasidan va suv olish limitidan ortiq bo'lmasligi kerak.
Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar ikki kunlik muddatda xizmat ko'rsatilayotgan hududdagi barcha suvdan foydalanuvchilarning yozma buyurtmanomalarini umumlashtirib va tahlil qilib, keyinchalik yozma buyurtmanomalarni tumanlararo ahamiyatga molik suv xo'jaligi ob'yektlaridan suv olish uchun tegishliligi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligiga hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga yuboradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tegishliligi bo'yicha buyurtmanomalarni bir kun ichida umumlashtiradi va tahlil qiladi, tumanlararo va transchegaraviy ahamiyatga molik daryolardan, magistral kanallardan (tizimlardan), xavf darajasi yuqori bo'lgan suv ob'yektlaridan suv olishga nisbatan esa yozma buyurtmanomalarni O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligiga taqdim etadi.
O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligiga hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga ajratilgan suv olish kvotalari va suv olish limitlaridan, shuningdek suv manbasining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda bir kun ichida buyurtmanomalarni umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda xabarnoma shaklida suv olishga ruxsat beradi yoki buni rad etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bir kun ichida suv yetkazib beruvchi tashkilotlarga ajratilgan suv olish limitlaridan, shuningdek suv manbasining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda xabarnoma shaklida suv olishga ruxsat beradi yoki buni rad etadi.
Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar o'z navbatida bir kunlik muddatda suvdan foydalanuvchilarga ajratilgan suv olish limitlaridan, shuningdek suv manbasining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda xabarnoma shaklida suv olishga ruxsat beradi yoki buni rad etadi.
lex.uz’dagi asl matn33-modda. Suv ob'yektlaridan suv olish uchun buyurtmanoma berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.