Водный кодекс

27-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni rejalashtirish

Suvdan foydalanishni va uni muhofaza qilishni rejalashtirish birinchi navbatda aholining ichimlik hamda maishiy ehtiyojlari qanoatlantirilishini, suvning muhofaza qilinishini va uning zararli ta'sirining oldi olinishini hisobga olgan holda suvning suvdan foydalanuvchilar o'rtasida ilmiy asoslangan tarzda taqsimlanishini ta'minlashi kerak. Suvdan foydalanish ishlarini rejalashtirishda davlat suv kadastrining va suv resurslari bo'yicha milliy axborot tizimlarining atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasining ma'lumotlari, suv xo'jaligi balanslari, suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalari, shuningdek aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash rejalari hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.