Водный кодекс

25-modda. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasida vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining (bundan buyon matnda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi deb yuritiladi) suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishda hamda ularni muhofaza qilishda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish, shuningdek sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; sanitariya-gigiyena monitoringini yuritish; ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti manbalarini baholash va tanlashda ishtirok etish; yer osti suvlarining holatiga ta'sir ko'rsatadigan ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti hamda oqova suvlarini chiqarib yuborish ob'yektlarining, korxonalar, inshootlar va boshqa ob'yektlarning joylashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi hamda ishga tushirilishini kelishish; yer usti va yer osti suvlarini inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida davlat tomonidan sanitariya-epidemiologik jihatdan normalashtirish; Respublika suv kengashining faoliyatida ishtirok etish, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishda sanitariya normalari, qoidalari hamda gigiyena normativlariga rioya etilishi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari masalalari yuzasidan kengashga takliflar kiritish. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining vakolatlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.