Водный кодекс

23-modda. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: suv resurslarini muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; suv muhitining qulay ekologik holatini ta'minlash; suv muhiti ob'yektlarining kamayib ketishi va ifloslanishining oldini olish maqsadida antropogen omilning suv muhitiga ta'sirini tahlil qilish, shuningdek sanitariya va ekologiya maqsadlarida suv omborlaridan suv chiqarib turishga rioya etilishini monitoring qilish; ekologik ekspertiza o'tkazish uchun tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan yer usti suv ob'yektlariga va yerning relfiga ifloslantiruvchi moddalarning yo'l qo'yiladigan chegaraviy tashlamalarining ekologik normativlari loyihalarini tasdiqlash, yer usti tabiiy suv oqimlaridan suv olish uchun suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish; suv muhitini ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to'lovlarini undirish va ulardan belgilangan tartibda foydalanish; tegishli loyihalarni belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish; yer usti suvlarining ifloslanishi manbalari (emissiyalar) monitoringini yuritish; vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda atrof-muhitning ifloslanishi darajasi hamda unga boshqa zararli ta'sirlar, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish to'g'risidagi ma'lumotlarning respublika yagona ekologik axborot bazasini shakllantirish va yuritish; yuridik va jismoniy shaxslardan suv resurslarini yoki suv ob'yektlarini muhofaza qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni monitoring qilishga taalluqli bo'lgan zarur axborotni bepul olish; Respublika suv kengashining faoliyatida ishtirok etish, tabiiy yer usti suv resurslaridan foydalanilishi holati, ularning ifloslanishi darajasi va manbalari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari yuzasidan kengashga takliflar kiritish. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining vakolatlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.