Водный кодекс

18-modda. Suv resurslarini boshqarishda fuqarolarning va nodavlat birlashmalarining ishtirok etishi

Yuridik shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlari bo'lgan suvdan foydalanuvchilar o'z ta'sis hujjatlariga muvofiq, shuningdek fuqarolar suv resurslarini boshqarishda, suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga ega. Suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlari va suv yetkazib beruvchi tashkilotlar suv resurslarini boshqarishda, suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda suvdan foydalanuvchilarning, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining takliflarini hisobga oladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.