Водный кодекс

16-modda. Suv kengashlari

Suv resurslarini boshqarishda shaffoflikni ta'minlash va manfaatdor taraflar vakillarini jalb etgan holda tegishli qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda esa hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklidagi suv kengashlari tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi. Respublika suv kengashining tarkibiga suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli vazirliklar va idoralarning rahbarlari kiradi. Respublika suv kengashining tarkibiga nodavlat tashkilotlar vakillari, ayrim ekspertlar va olimlar ham kiritilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Respublika suv kengashi raisidir. O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi Respublika suv kengashining ishchi organidir. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida havza (yoki hududiy) suv kengashlari tashkil etiladi. Havza (yoki hududiy) suv kengashining tarkibiga suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli vazirliklar va idoralarning hududiy tashkilotlari rahbarlari kiradi. Havza (yoki hududiy) suv kengashining tarkibiga nodavlat tashkilotlar vakillari, ayrim ekspertlar va olimlar ham kiritilishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari havza (yoki hududiy) suv kengashlarining raislaridir. Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari havza (yoki hududiy) suv kengashlarining ishchi organlaridir. Tumanlar (Quvasoy shahri) hokimliklari huzurida tumanlar suv kengashlari tashkil etiladi. Tumanlar suv kengashlarining tarkibiga suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli vazirliklar va idoralarning tuman tashkilotlari rahbarlari kiradi. Tumanlar suv kengashlarining tarkibiga nodavlat tashkilotlar vakillari, ayrim ekspertlar va olimlar ham kiritilishi mumkin. Tegishli tuman (Quvasoy shahri) hokimi tuman suv kengashining raisidir. O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining tuman tashkiloti yoki tumanning suv xo'jaligi ob'yektlarini boshqarishni amalga oshiruvchi tashkilot tuman suv kengashining ishchi organidir. Respublika, havza, hududiy suv kengashi to'g'risidagi nizom va ish reglamenti tegishli Kengash yig'ilishida tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.