Водный кодекс

155-modda. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi xavflarni sug'urta qilish

Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi xavflarni sug'urta qilish suv muhitining ifloslanishi, suvlar sifatining yomonlashish hamda suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan boshqa zararli ta'sirlar oqibatida zarar yetkazilgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlarini, fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkini himoya qilish faoliyatidan iborat. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi xavflarni sug'urta qilishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish ular tomonidan to'lanadigan sug'urta mukofotlaridan, shuningdek boshqa mablag'lardan shakllanadigan pul fondlari hisobidan, sug'urta shartnomasiga muvofiq va muayyan hodisa (sug'urta hodisasi) yuz berganda ularga sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lash orqali amalga oshiriladi. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi xavflarni sug'urta qilish, qoida tariqasida, ekologiya sug'urtasi tartibida amalga oshiriladi. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi xavflarni sug'urta qilish fuqarolik qonunchiligida, tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilikda, sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilikda, ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi xavflarni sug'urtalashning asosiy maqsadi suvning va suv ob'yektlarining ifloslanishi, avariyalar, boshqa sug'urta hodisasi yuzaga kelishi oqibatida uchinchi shaxslarning hayotiga, sog'lig'iga, mol-mulkiga va (yoki) atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashdan iboratdir. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi xavflarni sug'urta qilishning asosiy printsiplari, ob'yektlari, sub'yektlari va tartibi «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.