Водный кодекс

145-modda. Ekstremal suv tanqisligi va qurg'oqchilik

Ekstremal suv tanqisligi suv manbasining suvlilik darajasi ko'p yillik (kamida 30 yil) normaning 50 foizini va undan kam foizni tashkil etadigan davrdir. Yog'ingarchilik miqdori normal ravishda qayd etilgan darajalardan kam bo'lganda yuzaga kelib, yer resurslarining mahsuldorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan gidrologik muvozanatning jiddiy buzilishini keltirib chiqaruvchi tabiiy hodisa qurg'oqchilikdir. Ekstremal suv tanqisligining va qurg'oqchilik xavfining oldini olish maqsadida suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli organi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa manfaatdor taraflar bilan birgalikda ularni monitoring qilish va erta ogohlantirish tizimining samarali ishlashini, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi guruhlari hamda hududlar bo'yicha zaiflik va ta'sir ko'rsatish baholanishini hamda ularga tayyorgarlik ko'rish va ularning oqibatlarini yumshatish choralari ko'rilishini nazarda tutuvchi aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Ekstremal suv tanqisligi yuzaga kelgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: ekstremal suv tanqisligiga uchragan hududlarda suvdan foydalanishda yangi ustuvorliklarni vaqtincha joriy etish to'g'risida maxsus qaror qabul qilishga; suv resurslaridan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatning ayrim yoki barcha turlariga nisbatan cheklovlar joriy etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.