Suv xo'jaligi ob'yektlari davlat mulkida (respublika, munitsipal mulkida) yoki xususiy mulkda (fuqarolar, fermer va dehqon xo'jaliklari, shuningdek davlatga qarashli bo'lmagan boshqa yuridik shaxslar mulkida) bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlar hududida joylashgan O'zbekiston Respublikasining suv xo'jaligi ob'yektlari O'zbekiston Respublikasining mulkidir.
Suv xo'jaligi ob'yektlariga bo'lgan xususiy mulk huquqi bilan bog'liq munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Suv xo'jaligi ob'yektlariga bo'lgan mulk huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Suv xo'jaligi ob'yektini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida berish davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn13-modda. Suv xo'jaligi ob'yektlariga bo'lgan mulk huquqi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.