Водный кодекс

118-modda. Yer usti suvlarini va yer osti suvlarini kamayishdan muhofaza qilish

Yer usti suvlarining kamayishi deganda yer usti suvlarining muayyan hudud yoki havza doirasidagi yo'l qo'yiladigan eng kam miqdoriga, zaxiralariga nisbatan ularning barqaror kamayishi va (yoki) sifati yomonlashishi tushuniladi. Yer osti suvlarining kamayishi deganda yer osti suvlari konlarining yoki suvli qatlamning muayyan hududi yoki havzasi doirasida yer osti suvlarining o'zgaruvchan (tabiiy) zaxiralarining barqaror kamayishi va (yoki) sifati yomonlashishi tushuniladi. Yer osti suvlarining me'yoridan ortiq olinishi hamda suvli qatlamga suvning yetarlicha oqib kelmasligi yoki uning to'lmasligi, o'zi quyiladigan artezian quduqlar nazorat qilinmasligi va boshqa sabablar oqibatida foydalaniladigan suvli qatlamning o'zgaruvchan darajalarining vaqt o'tgan sayin barqaror hamda jadal kamayishi, shuningdek suvli qatlamlarning ifloslanishi yer osti suvlari kamayishining belgisidir. Yuridik va jismoniy shaxslar yer usti suvlarini va yer osti suvlarini muhofaza qilish hamda ularning kamayishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.