Oqova suvlarni va kollektor-drenaj suvlarini suv ob'yektlariga oqizish suvdan maxsus foydalanish toifasiga kiradi hamda bunga faqat suv ob'yektlari tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning belgilangan normalardan oshib ketishiga olib kelmaydigan hollarda hamda suvdan foydalanuvchi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining organlari tomonidan belgilangan darajalargacha yetkazib tozalab berish sharti bilan yo'l qo'yiladi.
Agar mazkur talablar buzilayotgan bo'lsa, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining organlari tomonidan oqova suvlarni oqizish cheklanishi yoki taqiqlanishi kerak. Aholining sog'lig'iga xavf tug'diradigan hollarda ishlab chiqarish va boshqa ob'yektlardan foydalanish to'xtatib turilishi kerak.
Suv ob'yektlariga oqova suvlar oqizilishini nazarda tutuvchi ob'yektlarni loyihalashtirishda va qurishda ekologiya hamda sanitariya normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn110-modda. Suv ob'yektlariga oqova suvlarni va kollektor-drenaj suvlarini oqizishga yo'l qo'yish shartlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.