Водный кодекс

100-modda. Baliq zaxiralarini muhofaza qilish va urchitib ko'paytirish bo'yicha tadbirlar

Baliqchilik xo'jaligining suv havzalaridagi gidrotexnika inshootlarini va boshqa inshootlarni ishlatishda baliq zaxiralari muhofaza qilinishini va ularni urchitib ko'paytirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlovchi tadbirlar o'z vaqtida amalga oshirilishi kerak. Baliqchilik xo'jaligining suv havzalaridagi baliqlar urug' tashlaydigan joylarga va ularning qishlov uyalari joylashgan yerlarga tuproq to'kishga hamda baliq zaxiralarining holatiga va ularni urchitib ko'paytirish sharoitlariga salbiy ta'sir etuvchi boshqa ishlarni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi. Sanoat maqsadlari, sug'orish va boshqa ehtiyojlar uchun baliqchilik xo'jaligining suv havzalaridan suv olish faqat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari bilan kelishuvga ko'ra suv chiqarish inshootlariga baliq tushib qolishi mumkinligini istisno etadigan maxsus moslamalar o'rnatilishi sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.