O'zbekiston Respublikasi hududida faqat qayta sug'urtani amalga oshirishga doir faoliyat qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda litsenziyalanishi lozim.
Sug'urta tashkiloti sug'urta faoliyatining turlari (klasslari) bo'yicha sug'urta tavakkalchiliklarini qayta sug'urtaga o'tkazishni va qabul qilishni sug'urta faoliyatini amalga oshirish uchun olingan litsenziyaga muvofiq, qonunchilikda belgilangan prudentsial normativlarga rioya etgan holda, qayta sug'urtaga oid litsenziyani olmasdan turib amalga oshirishi mumkin.
Qayta sug'urtani qayta sug'urtaga oid litsenziya asosida faoliyatning alohida turi sifatida amalga oshiruvchi qayta sug'urta tashkiloti «hayotni sug'urta qilish» va «umumiy sug'urta» sohalarida sug'urtaning barcha klasslari bo'yicha qayta sug'urtani amalga oshirishga haqli.
Rezident bo'lgan sug'urtalovchilarning tuzilgan sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta tovonlariga (sug'urta to'lovlariga) doir majburiyatlarini (bunday majburiyatlarning bir qismini) qayta sug'urta qilish, o'zi ta'sis etilgan mamlakatning milliy qonunchiligiga muvofiq qayta sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan chet el sug'urta tashkilotlari, qayta sug'urta va (yoki) brokerlik tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
8-modda. Sug'urtalovchining qayta sug'urtaga doir sug'urta faoliyati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.