Sug'urta ixtiyoriy va majburiy sug'urta shakllarida amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy sug'urta ixtiyoriy sug'urtani amalga oshirishning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi sug'urta shartnomasi hamda qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy sug'urta shartnomasida sug'urta qoidalarining asosiy tushunchalarini aks ettiruvchi sug'urtaning muhim shartlari ko'rsatilishi kerak.
Majburiy sug'urtani amalga oshirish shartlari va tartibi majburiy sug'urtaning aniq turlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Majburiy sug'urta ob'yekti bir vaqtning o'zida bir xil turdagi bir nechta majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalanishi mumkin emas. Bunda faqat dastlabki tuzilgan majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta ob'yektiga yetkazilgan zarar qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
7-modda. Sug'urta shakllari
(7-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан бешинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.