Sug'urta (qayta sug'urta) tashkilotlari sug'urtaning barcha yoki ayrim turlarini (klasslarini) amalga oshirishda o'z faoliyatini tahlil qilish maqsadida zararni tavsiflovchi koeffitsiyentlar (zararlilik koeffitsiyenti, xarajatlar koeffitsiyenti, birlashtirilgan koeffitsiyent) hisob-kitobini amalga oshiradi.
Zararlilikni tavsiflovchi koeffitsiyentlar (zararlilik koeffitsiyenti, xarajatlar koeffitsiyenti, birlashtirilgan koeffitsiyent) — sug'urta (qayta sug'urta) tashkiloti faoliyatining sug'urtaning barcha yoki ayrim turlarini (klasslarini) amalga oshirish chog'idagi zararliligini aks ettiruvchi nisbiy ko'rsatkichlardir.
Zararlilikni tavsiflovchi koeffitsiyentlarni (zararlilik koeffitsiyentini, xarajatlar koeffitsiyentini, birlashtirilgan koeffitsiyentni) hisob-kitob qilish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
57-modda. Zararlilikni tavsiflovchi koeffitsiyentlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.