«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

5-modda. Transchegaraviy sug'urta va qayta sug'urta

(5-модданинг тўртинчи қисмиЎзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Sug'urta tashkiloti tomonidan boshqa davlat hududida sug'urta shartnomalarini tuzish va bajarish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq sug'urta transchegaraviy sug'urtadir. Sug'urta (qayta sug'urta) tashkiloti tomonidan o'zi qabul qilgan sug'urta tavakkalchiliklarini qayta sug'urtaga o'tkazish prudentsial normativlarni hisoblash tartibiga doir talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi hududida O'zbekiston Respublikasining norezidenti bo'lgan sug'urta tashkiloti nomidan sug'urta shartnomasini tuzish bo'yicha vositachilik faoliyatiga yo'l qo'yilmaydi, bundan O'zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasi mustasno. O'zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomalarini O'zbekiston Respublikasi hududida O'zbekiston Respublikasining norezidenti bo'lgan sug'urta tashkiloti nomidan tuzish bo'yicha vositachilik faoliyatini vakolatli davlat organining tegishli sug'urta klassi ko'rsatilgan litsenziyasiga ega bo'lgan, O'zbekiston Respublikasining rezidentlari bo'lgan sug'urtalovchilar amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.